Sharl de Ketelarega APLning ikki klubi qiziqmoqda
“Atalanta” esa futbolchi bo‘yicha 50 million yevro atrofidagi takliflarni ko‘rib chiqishga tayyor.
ФОТО: Getty images
“Atalanta” va Belgiya terma jamoasi hujumchisi Sharlde Ketelare Angliya Premer-ligasiga ko‘chib o‘tishi mumkin. Bu haqda insayder Nikolo Skira ma’lum qildi.
Manbaga ko‘ra, APLning ikki klubi 25 yoshli futbolchiga jiddiy qiziqish bildirmoqda. “Atalanta” esa futbolchi bo‘yicha 50 million yevro atrofidagi takliflarni ko‘rib chiqishga tayyor.
2025/2026 yilgi mavsumda de Ketelare barcha musobaqalarda 42 ta o‘yinda qatnashib, 5 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist