locale OZ

Shahzodbek Gʻofurbekov: Azur to‘liq himoyalandi. Bunday jamoalarga qarshi bahslashish oson bo‘lmaydi

Guliston uchta o‘yinda g‘alaba qozonib, guruh bosqichiga yo‘llanma oldi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Shahzodbek Gʻofurbekov: Azur to‘liq himoyalandi. Bunday jamoalarga qarshi bahslashish oson bo‘lmaydi
photo: Guliston FK

"Guliston" futbol klubi O‘zbekiston kubogi saralash bosqichini muvaffaqiyatli yakunladi. Uchta o‘yinda g‘alaba qozonib, guruh bosqichiga yo‘llanma oldi. "Azur"ga qarshi bahsdan so‘ng jamoa yetakchi futbolchilaridan biri Shahzodbek Gʻofurbekov bilan suhbatlashdik.

- "Azur" bilan bahsdan keyingi taassurotlar qanday?

- Raqib jamoa o‘yin boshidan to oxirigacha himoyaga e’tibor qaratdi. Bir so‘z bilan aytganda, "avtobus" qo‘yib olishdi. To‘liq himoyaviy o‘yinni tanlaydigan jamoalarga qarshi o‘ynash qiyin bo‘ladi. Odatda birgina gol o‘yinning taqdirini hal qiladi. Biz esa mana shuni uddachidan chiqdik.

- Saralash bahslarida uchta o‘yinda ishtirok etdingizlar. Sizningcha, qaysi bahs qiyin kechdi?

- Menimcha, "Sonyc X"ga qarshi eng qiyin bahsni o‘tkazdik. Odatda ilk rasmiy bahs har doim qiyin bo‘lgan. Raqib media jamoa bo‘lishiga qaramay, yaxshi kurashdi. Qiziq va biroz qiyin bahs bo‘ldi deb ayta olaman.

- Kubok guruh bosqichida qaysi jamoalarga qarshi bahslashishni istardingiz?

- "Neftchi", "Paxtakor" va "Gʻazalkent".

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting