Shahnoza Dekanboyeva: Nasib etsa, albatta O‘zbekistonga mundial yo‘llanmasi bilan qaytamiz
Shahnoza Dekanboyeva (Bugungi o'yindagi ikkinchi gol muallifi) bahsdan keyin fikr bildirdi.
photo: UFA
Shahnoza Dekanboyeva (Bugungi o'yindagi ikkinchi gol muallifi) bahsdan keyin fikr bildirdi.
"Bugungi o‘yin juda yaxshi bo‘ldi. Hamma jonini berib harakat qildi. O‘yin qiyin bo‘lishini bilardik. Murabbiylarimiz bizga bergan ko‘rsatmalarni to‘liq bajardik va aynan shu sabab g‘alaba qozondik, deb o‘ylayman.
Golim haqida gapiradigan bo‘lsam, avvalo ushbu gol uchun jamoadoshlarimga rahmat aytaman. Sababi mening golim jamoaviy o‘yinimizning mahsuli bo‘ldi.
Xitoy terma jamoasiga qarshi, nasib etsa, hammamiz borimizni berib, qo‘limizdan kelgancha harakat qilamiz. Nasib etsa, albatta O‘zbekistonga mundial yo‘llanmasi bilan qaytamiz, degan umiddamiz".
Ibrohim Jalolov
Redaktor