locale OZ

«Sevilya» Aspilikueta bilan shartnoma imzoladi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Sevilya» Aspilikueta bilan shartnoma imzoladi
Фото: Севилья

“Sevilya” himoyachi Sesar Aspilikueta bilan shartnoma tuzganini e'lon qildi.

Qayd etilishicha, 36 yoshli ispaniyalik futbolchi andalusiyaliklar safiga erkin agent sifatida kelib qo‘shilgan. Klub bilan bir yillik bitim imzoladi. Kelishuvga ko‘ra, tomonlar shartnomani yana bir yilga uzaytirishi mumkin.

Aspilikueta o‘tgan mavsumda “Atletiko” safida to‘p surgan. Madrid klubi safida 20ta o‘yinda maydonga tushdi.

Futbolchi faoliyati davomida “Chelsi” va “Marsel” jamoalarida ham o‘ynagan.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting