Serxio Buskets mavsum oxirida faoliyatini yakunlashi mumkin
Busketsning klub bilan amaldagi shartnomasi 2025 yil 31 dekabr sanasida yakuniga yetadi.
ФОТО: Getty images
“Inter Mayami” yarim himoyachisi Serxio Buskets futbolchilik faoliyatini yakunlashi mumkin. Bu haqda COPE xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, ispaniyalik 37 yoshli futbolchi noyabr oyida bir qarorga keladi va bu haqda e’lon qilishi kutilmoqda.
Agar futbolchi faoliyatini yakunlasa, “Barselona” tizimiga qaytib, aynan shu klubda ish boshlashi mumkin.
Busketsning klub bilan amaldagi shartnomasi 2025 yil 31 dekabr sanasida yakuniga yetadi.
Eslatib o‘tamiz, “Inter Mayami”da kataloniyaliklarning sobiq o‘yinchilari Lionel Messi, Luis Suares va Jordi Alba ham to‘p surmoqda.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist