locale OZ

Serxio Aguero Krishtianu Ronalduga “tosh otdi”

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Serxio Aguero Krishtianu Ronalduga “tosh otdi”
FOTO: Getty Images
Klublar o‘rtasidagi jahon chempionati
14.06.2025, Yak.
Al Ahly SC
0
Inter Miami CF
0

“Manchester Siti” va “Barselona”ning sobiq hujumchisi Serxio Aguero mashhur strimer IShowSpeed bilan suhbat uyushtirdi.

Unda Aguero “An-Nassr” hujumchisi Krishtianu Ronaldu Klublar o'rtasidagi Jahon chempionatida ishtirok etmayotganini alohida ta'kidladi.

Aguero: Sen Krishtianu Ronalduning muxlisisan, shunday emasmi?

IShowSpeed: Ha!

Aguero: Men tanlovingni hurmat qilaman, u yaxshi futbolchi, lekin men Messini tanlayman.

IShowSpeed: Men Ronalduni tanlayman.

Aguero: Ha, lekin Ronaldu Klublar o'rtasidagi Jahon chempionatida o'ynayaptimi?

IShowSpeed: Yo'q...

Aguero: Balki u televizorda ko'rayotgandir (kuladi).

Ma'lumot uchun, Lionel Messi “Inter Mayami” bilan Klublar o'rtasidagi Jahon chempionatida ishtirok etmoqda. Turnirning ochilish o'yinida floridaliklar “Ah-Ahli” bilan durang o'ynadi (0:0).

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting