locale OZ

Sergey Lushan: «Bunday o‘yinlardan keyin infarkt bo‘lib qolish hech gap emas»

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Sergey Lushan: «Bunday o‘yinlardan keyin infarkt bo‘lib qolish hech gap emas»
Photo: Navbakhor PFK

O‘zbekiston Superligasining 20-turidan o‘rin olgan “Sho‘rtan” – “Navbahor” (3:3) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining birinchi qismida mehmonlar bosh murabbiyi Sergey Lushan ishtirok etib, OAV xodimlarining savollariga javob berdi.

— Avvalo uchrashuv haqidagi fikringiz bilan o‘rtoqlashsangiz.
— Bunday o‘yinlardan keyin infarkt bo‘lib qolish hech gap emas. O‘zimizga gol uramiz, o‘zimiz qizil kartochka olamiz. Bir kishi kam bo‘lib, hisobda oldinga chiqib olamiz, keyin yana darvozamizdan to‘p o‘tkazib yuboramiz. Afsus. Lekin, qo‘lni tushirmasdan ishlashda davom etamiz, oldinda jamoamizning O‘zbekiston kubogi doirasidagi o‘yini bor.

— Qizil kartochkaga munosabatingiz qanday bo‘ldi?

— Toza berildi, deb o‘ylayman. Futbolchi raqibga tikka bordi. Menimcha, u kamida uchtaga o‘yinga diskvalifikatsiya qilinadi. Futbolchimiz yosh, qiziqqon, hali tajribasi kam. Shuning uchun shunday bo‘ldi. Bunday holat uchrab turadi.

— “Navbahor” darvozasiga urilgan birinchi golni qanday izohlaysiz?

— O‘z darvozamizdan tezkor to‘p o‘tkazib yubordik, darvozabonimiz xatoga yo‘l qo‘ydi. O‘zimizga o‘zimiz gol olib keldik. Aslida aybni darvozabonlarga to‘nkash og‘ir, ular alohida olam, balki bu psixologiya bilan bog‘liqdir.

— “Sho‘rtan”ning turnir jadvalida so‘nggi pog‘onada ekanligi ham shogirdlaringizga raqibni bemalol yutamiz, degan fikrni bergan bo‘lishi mumkinmi?

— Biz ikki marta hisobda ortda borayotib, vaziyatni tenglashtirishga muvaffaq bo‘ldik. “Sho‘rtan”ning oxirgi o‘rindaligiga qaramadik. Biz qiyin bahs bo‘lishini bilardik. Nimayam derdim, yutishimiz kerak bo‘lgan o‘yinda durang qayd etdik.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting