locale OZ

Sergey Lebedev: “Mahoratli futbolchilar mezbonlar g‘alabasiga munosib hissa qo‘shishdi”

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Sergey Lebedev: “Mahoratli futbolchilar mezbonlar g‘alabasiga munosib hissa qo‘shishdi”
Photo: FCNAVBAHOR

O‘zbekiston kubogi, “E” guruhi, 3-turidan o‘rin olgan “Navbahor” – “FarDU” (3:1) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumani birinchi qismida mehmonlar bosh murabbiyi Sergey Lebedev ishtirok etib, jurnalistlarning savollariga javob berdi.

Farg‘onaliklar ustozi odatdagidek, o‘z so‘zini o‘yin haqidagi fikrlari bilan boshladi.

– Menimcha, bugungi uchrashuv barcha muxlislarga manzur bo‘ldi. O‘yin yaxshi o‘tdi. Bellashuvning 1-bo‘limida bizda imkoniyatlar yuzaga keldi. Ammo ulardan foydalana olmadik. O‘yin chiroyli tarzda kechdi. Bizga biroz omad yetishmadi. “Navbahor”ni bugungi g‘alaba bilan tabriklayman va jamoaga keyingi bahslarda omad yor bo‘lishini tilayman.

- Ikkinchi bo‘limda “Navbahor” tarkibida yuz bergan o‘zgarishlar “FarDU”ning o‘yiniga qanchalik ta’sir o‘tkazdi? Boisi, jamoangiz 1-bo‘limda yaxshi o‘yin namoyish etdi. Ammo 2-bo‘limda tashabbus to‘liq mezbonlar tomoniga o‘tdi . . .

– Albatta, mezbonlar tarkibida birdaniga 3 nafar asosiy tarkib futbolchilarining zaxiradan maydonga tushishlari ularning o‘yinida katta rol o‘ynadi. Ushbu o‘zgarishlar maydon egalari o‘yinida burilish yasadi, shuningdek, o‘zimizning xatolarimiz evaziga ham darvozamizdan to‘plar o‘tkazib yubordik. Mahoratli futbolchilar mezbonlar g‘alabasiga munosib hissa qo‘shishdi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting