locale OZ

«Sepahon» Eshmurodovni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Sepahon» Eshmurodovni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi
Photo: Nasaf PFk

Qarshining "Nasaf" klubi markaziy himoyachisi va sardori Umar Eshmurodov faoliyatini Eronda davom ettirishi mumkin. Bu haqda fors nashrlari xabar berdi.

Maʼlumotlarga ko‘ra, 32 yoshli futbolchiga "Sepahon" qiziqish bildirmoqda. Klub va futbolchi o‘rtasida muzokaralar davom etmoqda.

Eshmurodov hozirda Transfermarkt tomonidan 600 ming yevroga baholanmoqda va uning qarshiliklar bilan 2025 yil yakunigacha mo‘ljallangan shartnomasi bor.

Tajribali himoyachi bu mavsumda “ajdarlar” safida 15 ta o‘yinda maydonga tushgan.

Bahrom Bobonov
Bahrom Bobonov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting