locale OZ

Senegal futbolchisi Jahon chempionatida tarixiy rekord o‘rnatdi

Afrika jamoasi pley-off bosqichiga yoʻllanma oldi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Senegal futbolchisi Jahon chempionatida tarixiy rekord o‘rnatdi
FOTO: Getty Images

Senegal terma jamoasi yarim himoyachisi Pape Geye Jahon chempionatlari tarixida avval hech kim qayd eta olmagan natijaga erishdi.

Bu holat JCH-2026 I guruhi 3-turida Iroqqa qarshi o‘yinda yuz berdi. Uchrashuv Senegalning 5:0 hisobidagi yirik g‘alabasi bilan yakunlandi.

MisterChip ma’lumotiga ko‘ra, Pape Geye Jahon chempionatlari tarixida zaxiradan maydonga tushib, bitta o‘yinda ikkita gol va bitta golli uzatma amalga oshirgan ilk futbolchiga aylandi.

Uchrashuv yakunida Geye o‘yinning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

Senegal guruh bosqichini 3 ochko bilan uchinchi o‘rinda yakunladi. Iroq esa uchta o‘yinda ham ochko ololmay, musobaqani tark etdi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting