Semenyo – APLda fevral oyining eng yaxshi futbolchisi
Futbolchi o‘tgan qishda "Bornmut"dan "Siti"ga kelib qo‘shilgandi.
ФОТО: Getty images
Angliya Premer-ligasida fevral yakunlariga ko‘ra eng yaxshi futbolchi aniqlandi. Ushbu sovringa "Manchester Siti" hujumchisi Antuan Semenyo sazovor bo‘ldi.
O‘tgan oy Semenyo Angliya chempionatining beshta uchrashuvida maydonga tushib, uchta gol va bitta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Ma’lumot uchun, 26 yoshli Semenyo uchun bu faoliyatidagi ilk marta APLda oy futbolchisi unvonidir.
Futbolchi o‘tgan qish "Bornmut"dan amalga oshirilgan transferdan so‘ng "Manchester Siti" tarkibiga qo‘shilgan edi.
2025/2026 yilgi mavsum davomida APLda quyidagi futbolchilar oy futbolchisi bo‘lishdi: Jek Grilish (avgust), Erling Holand (sentyabr), Brayen Mbeumo (oktyabr), Igor Tyago (noyabr), Dominik Kalvert-Lyuin (dekabr), Igor Tyago (yanvar).
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist