locale OZ

“Sementchi” “Aral” bilan o‘yin uchun Nukusga bormaslikka qaror qildi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
“Sementchi” “Aral” bilan o‘yin uchun Nukusga bormaslikka qaror qildi
FOTO: UZPFL

O‘zbekiston kubogi A guruhining 3-turiga kelib Sementchi Nukusga bormasligini ma’lum qildi va jamoaga texnik mag‘lubiyat yozildi.

Mazkur bellashuvdagi g‘alaba Sementchi’ni navbatdagi bosqichga olib chiqishi mumkin edi. Shunga qaramay, jamoa rahbariyati yuqoridagi qarorni lozim deb topdi.

Avvalroq So‘g‘diyona mazkur guruhni peshqadam sifatida yakunlashi aniq bo‘lib ulgurgandi. Bu jizzaxliklarga nimchorak final bellashuvini So‘g‘diyona stadionida qabul qilish imkonini beradi.

Aral esa guruhning ikkinchi jamoasi sifatida 1/8 finalni raqib maydonida o‘tkazadi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting