«Seltik» Robertson uchun da'vogar
Joriy mavsumda u 18 ta uchrashuvda maydonga tushdi.
ФОТО: Getty images
"Liverpul" himoyachisi Endryu Robertson faoliyatini Shotlandiyada davom ettirishi mumkin.
The Athletic nashrida keltirilishicha, 31 yoshli futbolchining "qizillar"da qolishi dargumon. Chunki klub rahbariyati u bilan yangi kelishuv bo‘yicha hamon muzokaraga kirishgani yo‘q.
Vaziyatdan xabardor Shotlandiyaning "Seltik" klubi esa uni o‘z safiga qo‘shib olishni rejalashtirgan. Barchasi tez orada ma’lum bo‘lishi mumkin.
Joriy mavsumda Robertson barcha musobaqalarda jami 18 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 gol urdi va 1 assist muallifi bo‘ldi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist