«Seltik» Arauho'ni ijaraga oldi
Joriy mavsum Arauho APLda birorta o'yinda maydonga tushmadi.
ФОТО: Getty images
"Seltik" "Bornmut" himoyachisi Xuliano Arauho transferini e'lon qildi.
24 yoshli meksikalik futbolchi mavsum yakuniga qadar ijaraga asosida Shotlandiya klubi sharafini himoya qiladi.
Ma'lumot uchun, Arauho ilgari MLSda “Los-Anjeles” safida to'p surgan. 2024 yilda 10 million yevro evaziga “olchalar” safiga ko‘chib o'tgandi. U “Barselona” safida birorta o‘yinda qatnashmagan.
Joriy mavsum Arauho APLda birorta o‘yinda maydonga tushmadi, faqatgina Angliya Liga kubogining bir o‘yinida ishtirok etdi
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist