locale OZ

Sebastyen Pokonyoli Shotlandiya terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlandi

Belgiyada yilning eng yaxshi murabbiyi deb topilgan Pokonyoli 2025-yilda “Monako” boshqaruvini qabul qilgan va ushbu yozgacha Fransiya klubida faoliyat yuritgan.
Sebastyen Pokonyoli Shotlandiya terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlandi
Foto: Getty Images

Shotlandiya futbol assotsiatsiyasi Sebastyen Pokonyolini milliy terma jamoaning yangi bosh murabbiyi etib tayinladi. 39 yoshli belgiyalik mutaxassis bilan ikki yillik shartnoma imzolandi va u jamoani UEFA Millatlar Ligasining navbatdagi mavsumiga tayyorlaydi.

Pokonyoli murabbiylik faoliyatidagi ilk mavsumidayoq “Union Sent-Jillua”ni Belgiya chempioniga aylantirgan edi. Bu klubning so‘nggi 90 yildagi ilk chempionligi bo‘ldi. Keyinchalik u jamoani tarixida birinchi marta Chempionlar Ligasi guruh bosqichiga olib chiqdi va Belgiya Superkubogini ham qo‘lga kiritdi.

Belgiyada yilning eng yaxshi murabbiyi deb topilgan Pokonyoli 2025-yilda “Monako” boshqaruvini qabul qilgan va ushbu yozgacha Fransiya klubida faoliyat yuritgan. Mutaxassis Shotlandiya terma jamoasini boshqarish imkoniyatini katta sharaf deb atab, muxlislarga faxrlanadigan jamoa yaratish uchun bor kuchini sarflashini ta’kidladi.

Ma’lumot uchun, Shotlandiya terma jamoasi UEFA Millatlar Ligasining B divizionida Shveysariya, Sloveniya va Shimoliy Makedoniya bilan bir guruhdan joy olgan. Pokonyoli boshchiligidagi jamoaning ilk uchrashuvi 26-sentabr kuni Sloveniyaga qarshi bo‘lib o‘tadi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting