Saul 'Flamengo' bilan shartnoma imzoladi
Photo: Getty Images
Saul Ñiges Braziliyaning "Flamengo" klubi bilan shartnoma imzoladi. Bu haqda klubning rasmiy sayti xabar bermoqda.
Madridning "Atletiko" sharafini himoya qilgan futbolchi yangi jamoasi bilan 2028 yil 31 dekabrgacha shartnoma tuzdi. U "Flamengo"ga erkin agent sifatida o'tdi.
Ñiges madridliklar safida faoliyatining 17 yilini, shu jumladan 13 yilini kattalar darajasida o'tkazdi.
Bu vaqt mobaynida u 427 ta o'yinda maydonga tushib, 48 ta gol urdi va 26 ta golga assistentlik qildi. Uning hisobida Ispaniya chempionati, kubogi va superkubogi, shuningdek, UEFA Superkubogi va Yevropa Ligasi g'alabalari bor.
Bahrom Bobonov
Redaktor