locale OZ

Saudiya Superkubogi. «Al-Ahli» yirik hisobda g‘alaba qozonib, finalga yo‘l oldi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Saudiya Superkubogi. «Al-Ahli» yirik hisobda g‘alaba qozonib, finalga yo‘l oldi
Фото: Getty Images

Saudiya Arabistoni Superkubogining ikkinchi yarim finalidan o‘rin olgan "Al Qodisiya" – "Al Ahli" bahsi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda kutilganidek “Al-Ahli” jamoasi ustunlik qilib, 5:1 hisobidagi g‘alabani qo‘lga kiritdi. Kessier dublga erishdi. Nacho o‘z darvozasini ishg‘ol qilib qo‘ydi.

Natijada “Al-Ahli” ikkinchi finalchiga aylandi. Endi ular 23 avgust kuni “An-Nasr”ga qarshi maydonga tushadi.

Saudiya superkubogi. Yarim final
Al Qodisiya — Al Ahli 1:5
Gollar: Alvares (8) — Kessier (12, 45+2), Touni (28, pen), Millot (31), Nacho (61, avtogol)

Bahrom Bobonov
Bahrom Bobonov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting