locale OZ

Sasha Boe qishda «Bavariya»ni tark etishi mumkin

Unga hozirda Yevropaning bir qator klublari qiziqish bildirmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Sasha Boe qishda «Bavariya»ni tark etishi mumkin
FOTO: Getty Images

Myunxenning «Bavariya» klubi himoyachi Sasha Boeni qishki transferlar oynasida sotish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Hozirda klub futbolchi uchun kamida 20 mln yevro talab qilmoqda. Boe bir nechta takliflarni rad etib, faqat katta istiqbolga ega klubga o‘tishga qat’iy qaror qilganini bildirgan, deya xabar beradi jurnalist Florian Plettenberg.

«Kristal Pelas» himoyachiga qiziqish bildirgan, biroq hozircha hech qanday kelishuvga erishilmagan va muzokaralar boshlanmagan. Shuningdek, «Galatasaroy» ham Boe atrofidagi vaziyatni diqqat bilan kuzatmoqda. «Bavariya» futbolchini ijaraga berish va keyinchalik sotib olish majburiyati bilan variantni ham ko‘rib chiqmoqda.

Sasha Boe «Bavariya» safida 2024 yil yanvaridan buyon o‘ynab kelmoqda, uning klub bilan shartnomasi 2028 yil iyunigacha amal qiladi. Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 18 mln yevroni tashkil etadi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting