Santyago Ximenes Italiya A Seriyasida tarixiy antirekord o‘rnatdi
«Milan» hujumchisi Santyago Ximenes Italiya A Seriyasi tarixida oʻziga xos antirekord qayd etgan ilk futbolchiga aylandi. The Touchline nashrining xabar berishicha, u chempionat doirasida kamida 10 ta o‘yinni asosiy tarkibda boshlab, mavsumni birorta ham golsiz yakunlagan tarkibdagi birinchi hujumchiga aylandi. Ushbu antirekord A Seriyaning so‘nggi, 38-turida «rossonerilar»ning o‘z maydonida «Kalyari»ga 1:2 hisobida imkoniyatni boy bergan bahsidan keyin rasman qayd etildi.
Mavsum davomida Ximenes Italiya chempionatida jami 16 ta uchrashuvda maydonga tushdi. U o‘z hisobiga ikkita golli uzatmani yozdirib qo‘yishga muvaffaq bo‘lgan esada, raqiblar darvozasini biror marta ham ishg‘ol eta olmadi. Hujumchining bunday omadsiz seriyasi jamoaning chempionat yakunidagi umumiy natijalariga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatmay qolmadi.
Meksikalik forvard «Milan» safiga 2025 yilning fevral oyida Gollandiyaning «Feyenoord» klubidan 30 million yevro evaziga ko‘chib o‘tgan edi. U Milan klubi libosida shu vaqtga qadar barcha turnirlarda jami 37 ta o‘yinda ishtirok etib, 7 ta gol va 6 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.