Sanjar Qodirqulov: «Yutgan bo‘lsak-da, o‘yin qiyin o‘tdi»
Samarqandliklar o‘rtoqlik o‘yinida g‘alaba qozondi.
Фото: Динамо ПФК
«Dinamo» – «Qaysar» (3:1) uchrashuvida dastlab penalti ishlagan, so‘ng jarima nuqtasidan chiroyli g‘al gol muallifiga aylangan Sanjar Qodirqulovning o‘yindan keyingi fikrlari bilan qiziqdik.
«Birinchi o‘yinimiz edi, qiyin bo‘ldi. Hisob 3:1 bo‘lgani bilan o‘yin ancha qiyin o‘tdi. Birinchi bo‘lim 1:1 hisobida tugadi, qiynaldik. Ikkinchi bo‘limda esa o‘z o‘yinimizni topdik va shuning evaziga yutdik.
Natiyaga jismoniy jihatdan raqibdan ustunligimiz ta’sir qildimi? Shunaqa desa ham bo‘ladi. Birinchi bo‘limda teng kurashdik, ikkinchi bo‘limda esa ulardan yaxshiroq o‘ynab yutdik», – deydi Sanjar Qodirqulov.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist