locale OZ

“Sanderlend” futbolchisi boshidan olgan jarohati sabab 28 yoshida faoliyatini yakunladi

Unga futbol bilan shug‘ullanishni davom ettirish tavsiya etilmagan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
“Sanderlend” futbolchisi boshidan olgan jarohati sabab 28 yoshida faoliyatini yakunladi
Foto: Getty Images

“Sanderlend” klubi sobiq futbolchisi Hyum 28 yoshida professional faoliyatini yakunlashga qaror qildi. Unga futbol bilan shug‘ullanishni davom ettirish tavsiya etilmagan.

Futbolchi 2025-yilning oktabr oyida “Flitvud Taun”dagi mashg‘ulot vaqtida yuz bergan noxush holat sabab bosh suyagidan jarohat olgan va ichki qon ketishi qayd etilgan. Jarohatdan so‘ng u uzoq vaqt davomida tiklanish jarayonini o‘tkazgan.

Oradan o‘n oy o‘tgach, shifokorlar futbolchiga professional futbolni davom ettirmaslikni qat’iy tavsiya qilgan. Shu tariqa u 28 yoshida futbolchilik faoliyatiga nuqta qo‘ygan.

Ma’lumot uchun, Hyum faoliyati davomida Angliya Premyer-ligasida “Sanderlend” safida 84 ta uchrashuvda maydonga tushgan. Shuningdek, u “Portsmut” va “Grimsbi Taun” klublari safida ham to‘p tepgan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting