«Sanderlend» APLda tarixiy natija qayd etdi
Angliya Premyer-ligasining 8-turida «Sanderlend» oʻz maydonida «Vulverxempton»ni 2:0 hisobida magʻlub etdi. Ushbu gʻalaba «qora mushuklar» uchun tarixiy natija qayd etish imkonini berdi. Bu haqda Squawka nashri xabar bermoqda.
Manbaga koʻra, «Sanderlend» Premyer-liga tarixida ilk bor mavsumning dastlabki 4 oʻyinida 10 ochko toʻpladi. Bungacha jamoa «Vulverxempton»dan tashqari «Vest Hem» (3:0) va «Brentford»ni (2:1) magʻlub etgan, shuningdek, «Aston Villa» (1:1) bilan durang o'ynagan.
Maʼlumot uchun, sakkiz tur yakuniga koʻra, «Sanderlend» 14 ochko jamgʻargan holda turnir jadvalida 7-o‘rinda bormoqda. Qayd etish joiz, klub oʻtgan mavsum yakunida APLni tark etgan «Sautgempton»dan (12 ochko) ikki ochkoga koʻproq jamgʻargan.