Sanchoning «Atletiko»ga nima sababdan o‘tmagani ma’lum bo‘ldi
Hozirda 26 yoshli futbolchi jamoasiz qolmoqda.
ФОТО: Getty images
Angliyalik yarim himoyachi Jeydon Sancho o‘tgan yozda Ispaniya chempionatiga ko‘chib o‘tishi mumkin edi.
Uning xizmatlariga Madridning «Atletiko» klubi qiziqish bildirgan. Bu haqda insayder Ekrem Konur ijtimoiy tarmoqlarida xabar berdi.
Jurnalistning ma’lumotiga ko‘ra, ingliz vingerining transferi tomonlar moliyaviy shartlar bo‘yicha kelishuvga erisha olmagani sababli amalga oshmagan.
Hozirda 26 yoshli futbolchi jamoasiz qolmoqda. Uning so‘nggi klubi «Manchester Yunayted» bo‘lgan. Transfermarkt portali ekspertlari yarim himoyachining bozor qiymatini 18 million yevroga baholamoqda.