Sancho \"Yuventus\"ga o‘tish uchun maoshini kamaytirishga rozi bo‘lgan
Photo: Getty Images
"Manchester Yunayted" vingeri Jeydon Sancho faoliyatini “Yuventus”da davom ettirishi mumkin, deb xabar beradi Il Corriere dello Sport.
Manbaga ko‘ra, 25 yoshli angliyalik futbolchi o‘zining moliyaviy talablarini “Yuve”ga ma’lum qilgan.
Futbolchi turinliklar bilan shartnoma imzolash uchun maoshini kamaytirishga ham rozi bo‘lgan. Sancho Italiya klubidan yiliga 8 mln yevro maosh so‘ramoqda.
“Yuve” esa turli bonuslarni hisoblaganda Sanchoga yiliga 6 mln yevro taklif qilgan. Sanchoning transferi uchun “MYu”ga 25 mln yevro berishga tayyor.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist