locale OZ

Samvel Babayan: Kim va qachon raqib sifatida toʻgʻri kelishi katta ahamiyatga ega emas

Andijon jamoasi bosh murabbiyi Samvel Babayan “Kaspiy” klubiga qarshi boʻlib oʻtgan oʻrtoqlik oʻyinidan keyin mazkur bellashuv hamda qurʼa haqida klub matbuot xizmatiga oʻz fikrlari bilan oʻrtoqlashdi
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Samvel Babayan: Kim va qachon raqib sifatida toʻgʻri kelishi katta ahamiyatga ega emas
photo: Andijon fk

Andijon jamoasi bosh murabbiyi Samvel Babayan “Kaspiy” klubiga qarshi boʻlib oʻtgan oʻrtoqlik oʻyinidan keyin mazkur bellashuv hamda qurʼa haqida klub matbuot xizmatiga oʻz fikrlari bilan oʻrtoqlashdi.

“Biz mavsumga tayyorgarlikni davom ettirmoqdamiz. Bu safar “Kaspiy” jamoasiga qarshi oʻyin jismoniy tiklanish ishlariga boy boʻlgan tayyorgarlikning birinchi bosqichini yakunlab berdi. Ushbu uchrashuv futbolchilarning funksional holatini yaxshilash, oʻyin shakli va oʻyin surʼatini oshirishga qaratildi.

Tayyorgarlikning ushbu bosqichida deyarli barcha futbolchilarga bir xil oʻyin vaqti berildi. Charchoq sharoitida har bir futbolchining individual sifatlarini koʻrish, ularning oʻyin imkoniyatlarini hamda biz taklif qilayotgan oʻyin taktik modeliga qoʻyilayotgan talablarni qanday qabul qila olishini baholash biz uchun muhim edi.

Qurʼaga kelsak, umuman olganda, kim va qachon raqib sifatida toʻgʻri kelishi katta ahamiyatga ega emas. Qurʼa tashlashning oʻzi mavsum yaqinlashayotganining aniq belgisi. Shuning uchun katta qiziqish uygʻotmoqda.

Har bir jamoa 15 ta uyda va 15 ta mehmonda, jami 30 ta oʻyin oʻtkazadi. Barcha jamoalarning moddiy-texnik bazasi sezilarli darajada oʻsdi. Har bir jamoada sifatli futbolchilarni taklif qilish imkoniyati mavjud.

Ishonch bilan ayta olaman, 2026-yilgi mavsum eng qiziqarlisi boʻladi. Chunki koʻplab jamoalar oʻz oldiga yuqori maqsadlarni qoʻygan, oson oʻyinlari boʻlmaydi”, - deya fikr bildirdi Samvel Vyacheslavovich.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting