Sambo. Xorazmda sambochilar xotira turnirida bellashdi
9–10 may kunlari Urganch shahrida ustozlar xotirasiga bag‘ishlab 2012–2014 va 2015–2017-yillarda tug‘ilgan kichik o‘smirlar o‘rtasida Respublika turniri o‘tkazildi.
photo: sambo Uzbekistan
Xorazmda sambochilar xotira turnirida bellashdi.
9–10 may kunlari Urganch shahrida ustozlar xotirasiga bag‘ishlab 2012–2014 va 2015–2017-yillarda tug‘ilgan kichik o‘smirlar o‘rtasida Respublika turniri o‘tkazildi.
Musobaqada 200 nafarga yaqin sportchilar ishtirok etdi. Turnirda Toshkent viloyati, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Buxoro viloyati hamda boshqa hududlardan kelgan sportchilar qatnashishdi.
Musobaqada Xorazm viloyati sportchilari ham munosib natijalarga erishishdi. Turnirning asosiy maqsadi yosh sambochilar qalbida ustozlarga hurmat, ularning xotirasiga ehtirom va Vatanga sadoqat tuyg‘usini shakllantirish, kelgusida esa Osiyo va jahon chempionlarini tarbiyalab yetishtirishdan iborat.
Ibrohim Jalolov
Redaktor