locale OZ

Samarqand viloyati hokimi «Dinamo»ning joriy yilgi natijalarini e'tirof etdi

Hokim 2025 yilda yaxshi natijalarga erishib, samarqandliklarni quvontirayotgani alohida ta'kidladi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Samarqand viloyati hokimi «Dinamo»ning joriy yilgi natijalarini e'tirof etdi
Фото: Динамо ПФК

Bugun, 12 noyabr kuni, ayni paytda viloyat hokimligida Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining yettinchi chaqiriq, yigirmanchi sessiyasi bo‘lib o‘tmoqda.

Unda Samarqand viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Adiz Boboevning joriy yilda Samarqand viloyatini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risidagi hisobotini tinglanmoqda.

Sessiyada viloyat hokimi, viloyat futbol assotsiatsiyasi prezidenti Adiz Boboev Samarqand viloyatida bu yil turli sohalarda erishilgan yutuqlarni sarhisob qilib, «Dinamo» PFK jamoasi 2025 yilda yaxshi natijalarga erishib, samarqandliklarni quvontirayotganini alohida ta'kidladi.

«Dinamo» PFK 2025 yilgi mavsumning qolgan muhim o‘yinlarida ham muxlislarni quvontirib, o‘z tarixini yangilab, qariyb 4,5 million aholiga ega Samarqand viloyati sha'nini munosib himoya qilishni maqsad qilgan.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting