Samandar Mavlonqulov “qaldirg‘och”ga aylandi
Yangi mavsumga tayyorgarlikni boshlagan Toshkentning Bunyodkor jamoasi tarkibni kuchaytirishni boshladi.
photo: Bunyodkor FK
Yangi mavsumga tayyorgarlikni boshlagan Toshkentning Bunyodkor jamoasi tarkibni kuchaytirishni boshladi.
"Safimizga iqtidorli hujumchi, O‘zbekiston U23 terma jamoasi a’zosi Samandar Mavlonqulov kelib qo‘shildi. Yosh bo‘lishiga qaramasdan Superligada 70 ta o‘yin o‘tkazishga ulgurgan hujumchi 2026 yilgi mavsumni “Bunyodkor” safida o‘tkazadi. Umid qilamizki, Samandar o‘zining gollari bilan jamoamizning g‘alabalariga hissa qo‘shadi.
Ma’lumot uchun
SAMANDAR MAVLONQULOV
Tug‘ilgan sanasi: 8 mart, 2004 yil
Ampluasi: markaziy hujumchi
O‘zbekiston U23 terma jamoasi a’zosi",-deb yoziladi klub rasmiy sahifasida.
Ibrohim Jalolov
Redaktor