Salvador Sançes – «Dinamo» futbolchisi
“Dinamo” jamoasi yangi mavsum oldidan yana bir legioner bilan o‘z safini kuchaytirganini ma’lum qiladi.
Yangi mavsumda yangi marralarni ko‘zlayotgan “Dinamo” PFK Salvador Sançes bilan kelishuvga erishdi. Argentinalik 30 yoshli himoya chizig‘i vakili markaziy va chap qanot himoyachisi sifatida o‘ynay oladi. Sançes jamoamiz safiga erkin agent sifatida kelib qo‘shildi.
Salvador Sançesning so‘nggi klubi Chilining “Deportes Iquique” klubi bo‘lib, u jamoa bilan xayrlashgach, yanvar oyida erkin agentga aylangandi.
“River Plate” klubi tarbiyalanuvchisi sanalmish Sançes Argentinaning “Arsenal Sarandi”, “Santamarina”, “Olimpo”, Gretsiyaning “Volos”, “PAS Lamia”, Litvaning “Panevezys” va Chili chempionatining “Coquimbo Unido” hamda “Deportes Iquique” klublari sharafini himoya qilgan.