Saloh «Liverpul»ni tark etishi sabab katta miqdordagi bonusdan mahrum bo‘ladi
Muhammad yozda jamoani tark etadi.
ФОТО: Getty images
“Liverpul” hujumchisi Muhammad Saloh yozda klubni tark etadi.
The Sun nashri xabar berishicha, misrlik futbolchining bu qarori tufayli 23 million yevro bonusni qo‘lga kirita olmaydi.
Ma’lum qilinishicha, bonus futbolchi bilan 2025 yil aprel oyida imzolangan yangi shartnomaga kiritilgan bo‘lib, u 2026/27 yilgi mavsum yakunigacha jamoada qolgan taqdirda to‘lab berilishi kerak edi.
Salohning ketishi orqali “Liverpul” umumiy hisobda 46,9 million yevro mablag‘ni tejab qoladi.
Muhammad “qizillar” libosida shu kungacha 435 ta o‘yinda maydonga tushib, 255 ta gol urib, 122 assistni qayd etgan.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist