Saloh, Hakimi, Osimhen, Girassi — Afrikada yilning eng yaxshi futbolchisi nomiga daʼvogarlar e'lon qilindi
Afrika Futbol Konfederatsiyasi (CAF) yilning eng yaxshi afrikalik futbolchisi sovrini uchun nomzodlar ro'yxatini e'lon qildi. Ushbu nom uchun jami 10 nafar futbolchi daʼvogar sifatida ko'rsatilgan.
Toʻliq roʻyxat quyidagicha:
1. Andre Zambo Angissa — «Napoli» (Kamerun)
2. Fiston Mayele — «Pyramids» (Kongo Demokratik Respublikasi)
3. Muhammad Saloh — «Liverpul» (Misr)
4. Denis Buanga — «Los Anjeles» (Gabon)
5. Seru Girassi — «Borusssiya D» (Gvineya)
6. Ashraf Hakimi — «PSJ» (Marokash)
7. Usama Lamliui — RSB (Marokash)
8. Viktor Osimhen — «Galatasaroy» (Nigeriya)
9. Iliman Ndiaye — «Everton» (Senegal)
10. Pape Sarr — «Tottenhem» (Senegal)
Eslatib oʻtamiz, 2024 yilda ushbu sovrinni Nigeriya milliy jamoasi va «Atalanta» futbolchisi Ademola Lukman qoʻlga kiritgandi.