locale OZ

Saloh faoliyatini «Barselona»da davom ettirishi mumkin

Futbolchi yozda mersisaydliklarni tark etadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Saloh faoliyatini «Barselona»da davom ettirishi mumkin
ФОТО: Getty images

"Liverpul" hujumchisi Muhammad Saloh faoliyatini Ispaniyada davom ettirishi mumkin. FlashScore bergan ma'lumotlarga ko'ra, hujumchida MLS (AQSh) klublaridan bir qator takliflar bor.

Shuningdek, misrlik futbolchi "Barselona"ga o'tishni istamoqda. Kataloniya klubi Salohni qo'lga kiritishga qiziqish bildirmoqda.

Eslatib o'tamiz, avvalroq Saloh joriy mavsum yakunlangach, "Liverpul"ni erkin agent sifatida tark etishini e'lon qilgan edi. Futbolchining ingliz klubiga 2017 yilda "Roma"dan 42 million yevro evaziga o'tgandi. Ushbu mavsumda Saloҳ "qizillar" safida barcha turnirlarda 36 ta o'yinda maydonga tushib, 11 ta gol urdi va 9 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting