locale OZ

Saloh agenti bilan shoshilinch uchrashuv o‘tkazadi

Salohning shartnomasi 2027 yilning yozigacha mo‘ljallangan edi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Saloh agenti bilan shoshilinch uchrashuv o‘tkazadi
ФОТО: Getty images

Muhammad Saloh “Liverpul” bosh murabbiyligidan Arne Slotning iste’foga chiqarilgani haqidagi xabardan so‘ng o‘z agentiga qo‘ng‘iroq qilib, uni shoshilinch uchrashuvga taklif qildi. Bu haqda indykaila News akkaunti X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida xabar berdi.

Misrlik futbolchi joriy mavsum yakunida mersisaydliklar safini tark etdi.

Eslatib o‘tamiz, 2025 yilning dekabr oyida “Lids Yunayted”ga qarshi o‘yindagi durang natijadan (3:3) so‘ng Saloh Slot bilan munosabatlari yomonlashganini ommaviy ravishda e’lon qilgan edi.

May oyida hujumchi post e’lon qilib, unda “Liverpul”ni “qizillar”ning sobiq murabbiyi Yurgen Klopp davrida ko‘rsatilgan futbolga qaytishga chaqirgandi. Salohning shartnomasi 2027 yilning yozigacha mo‘ljallangan edi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting