locale OZ

Saliba: «Everton\"ga qarshi bahsdan so'ng chempion bo'lishimizga ishonidim»

"Arsenal" himoyachisi chempionlik borasida gapirdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Saliba: "Everton"ga qarshi bahsdan so'ng chempion bo'lishimizga ishonidim"
ФОТО: Getty images

"Arsenal" markaziy himoyachisi Uilyam Saliba jamoa qachon Angliya Premer-ligasida chempion bo'lishini his qilganini aytib o‘tdi.

“Men mart oyidayoq buni his qila boshladim. "Everton"ga qarshi o‘yindan keyin jamoamiz ligani yutishi aniq bo‘lib qoldi. Terma jamoalar tanaffusidan keyin biroz qiyin bo‘ldi. Ammo biz kurashishda davom etdik, hattoki "Manchester Siti"ga qarshi mag‘lubiyatdan keyin ham o‘zimizga ishonishda davom etdik. Endi esa biz chempionmiz”, — deydi u Daily Mail'ga bergan intervyusida.

"Arsenal" 30-tur doirasida 14 mart kuni "Everton"ni 2:0 hisobida mag‘lub etgan edi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting