locale OZ

Sadriddin Hasanov: \"Xalqimizni g'alaba bilan tabriklayman\"

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Sadriddin Hasanov: "Xalqimizni g'alaba bilan tabriklayman"
PHOTO: Telegram

Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi hujumchisi va uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi Sadriddin Hasanov KXDRga qarshi oʻyindan so‘ng matbuot anjumanida ishtirok etdi:

"Avvalo, xalqimizni g‘alaba bilan tabriklayman. Meni uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb tanlaganlari uchun tashkilotchilarga rahmat aytaman. Murabbiylarimiz tomonidan yuklatilgan vazifalarni bajardik va g‘alabaga erishdik. Penaltidan foydalana olmaganimizdan so‘ng, tushkunlikka tushmadik, bir-birimizni qo‘llab-quvvatladik va o‘z maqsadimizga erishdik. Biz bu kunlar uchun 3 yil davomida mehnat qildik. Nasib bo‘lsa, turnir bosh sovrinini qo‘lga kiritib, yurtimizga yorug‘ yuz bilan qaytmoqchimiz",-deydi 7 raqam egasi

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting