locale OZ

Sadio Mane «Al Taavun»ga qarshi bahsning eng yaxshi futbolchisi deb topildi

Senegallik futbolchi yaqinda Afrika Millatlar Kubogida chempion boʻlgandi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Sadio Mane «Al Taavun»ga qarshi bahsning eng yaxshi futbolchisi deb topildi
FOTO: Getty Images

Senegallik hujumchi Sadio Mane «An Nasr» tarkibiga yorqin tarzda qaytdi. Kecha, 26 yanvar kuni Saudiya Pro-ligasining 18-turi doirasida o‘tgan «Al Taavun»ga qarshi bahsda Mane uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

Mane uchun Saudiya Arabistoniga qaytish g‘oyatda muvaffaqiyatli kechmoqda. E’tiborlisi, futbolchi bor-yo‘g‘i bir hafta oldin Senegal terma jamoasi bilan Afrika Millatlar Kubogi g‘olibiga aylangan va turnirning eng yaxshi o‘yinchisi unvonini qo‘lga kiritgan edi.

Eslatib o‘tamiz, Sadio Mane Afrika Millatlar Kubogida ham o‘z mahorati bilan barchani hayratda qoldirib, oltin medallarni qo‘lga kiritishda bosh qahramonlardan biri bo‘lgan edi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting