locale OZ

Runi: «Menimcha, «MYU» kuchli beshlikka kira oladi»

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Runi: «Menimcha, «MYU» kuchli beshlikka kira oladi»
Photo: Getty Images

"Manchester Yunayted"ning sobiq hujumchisi Ueyn Runi yangi mavsumdan nimalar kutayotganini aytdi.

"Menimcha, 'MYU' yana bir-ikkita yangi futbolchini jalb qilishi kerak. Ammo Amorim nima qilayotganini ko'ryapman. U yaxshi ishlayapti. Klubdagi vaziyat yaxshilanmoqda. Nazarimda klub top-5 likka kira oladi. Umid qilamanki, shunday bo'ladi", — deya Runi so'zlarini BBC keltiradi.

Runining versiyasiga ko'ra, favoritlar beshligi quyidagilardan iborat: "Liverpul", "Arsenal", "Manchester Siti", "Chelsi" va "Manchester Yunayted".

Bahrom Bobonov
Bahrom Bobonov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting