Runi: «Manchester United Amorim qo‘l ostida yomonroq o‘ynay boshladi».
Yunayted afsonasi portugaliyalik mutaxassis haqida fikr bildirdi.
Photo: gettyimages
«Manchester United Amorim qo‘l ostida yomonroq o‘ynay boshladi».
«Ammo bu yerda o‘tirib, biz taraqqiyot ko‘ryapmiz yoki yaqin kelajakda natija beradigan narsalarni ko‘ryapmiz deyish juda qiyin».
«O‘tgan yili Ten Hag iste’foga chiqarilib, o‘rniga Ruben kelganidan keyin ular qanday o‘ynashlari va hammasi o‘zgarishi haqida eshitgandik. Biz bunday narsalarni umuman ko‘rmayapmiz, bu esa juda og‘ir. O‘yin oxirida [Man Cityga qarshi] men Manchester United muxlislari tribunalarni tark etayotganini ko‘rdim»,-dedi sobiq futbolchi.
Ibrohim Jalolov
Redaktor