Runi FIFAning Balogun bo‘yicha qarorini “sharmandalik” deb atadi
Angliya terma jamoasining sobiq hujumchisi Ueyn Runi FIFAning AQSH hujumchisi Folarin Balogunga nisbatan qabul qilgan qarorini keskin tanqid qildi.
Runi FIFAning Balogunga berilgan bir o‘yinlik diskvalifikatsiyani vaqtincha to‘xtatib, futbolchiga Belgiyaga qarshi nimchorak final bahsida maydonga tushishga ruxsat berganini “mutlaq sharmandalik” deb baholadi. Uning fikricha, bunday qaror futbolning adolat tamoyillariga putur yetkazadi.
“Bu mutlaq sharmandalik. Janni Infantino bundan uyalishi kerak. Bunday qaror futbolning sport tamoyillarini shubha ostiga qo‘yadi. Agar qizil kartochka noto‘g‘ri berilgan bo‘lsa, uni bekor qilish kerak edi. Ammo diskvalifikatsiyani shunchaki to‘xtatib qo‘yish mutlaqo noto‘g‘ri”, — dedi Runi.
Eslatib o‘tamiz, Balogun Bosniya va Gersegovinaga qarshi uchrashuvda qizil kartochka olgandi. FIFA intizom qo‘mitasi keyinchalik futbolchining bir o‘yinlik chetlatilishini bir yillik sinov muddatiga qoldirdi. Ushbu qaror UEFA va Belgiya futbol federatsiyasi tomonidan ham keskin tanqid qilindi.