locale OZ

Runi: Fernandesh faqatgina statistikaning o‘zi bilan bu ramziy jamoadan joy oladi deb o‘ylamayman

«Manchester Yunayted» klubining sobiq hujumchisi portugaliyalik futbolchining klub tarixidagi barcha davrlarning ramziy terma jamoasiga kirishi mumkinmi, degan savolga javob berdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Runi: Fernandesh faqatgina statistikaning o‘zi bilan bu ramziy jamoadan joy oladi deb o‘ylamayman
photo: Google

«Manchester Yunayted» klubining sobiq hujumchisi Ueyn Runi Brunu Fernandesh klub tarixidagi barcha davrlarning ramziy terma jamoasiga kirishi mumkinmi, degan savolga javob berdi.

«Menimcha, yo‘q. U yerda Kantona bo‘lgan, ko‘plab kuchli yarim himoyachilar o‘ynagan. Fernandesh faqatgina statistikaning o‘zi bilan bu ramziy jamoadan joy oladi deb o‘ylamayman», — dedi Runi «The Overlap» ko‘rsatuvida.

Brunu Fernandesh «Manchester Yunayted» safida olti yildan beri to‘p surib kelmoqda. Shu vaqt ichida portugaliyalik futbolchi 319 ta rasmiy uchrashuvda ishtirok etib, o‘z hisobiga 105 ta gol va 103 ta golli uzatmani yozdirib qo‘yishga muvaffaq bo‘ldi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting