Ruben Sanches OKMKni tark etdi
Futbolchi 2022 yilda "Surxon" safida O‘zbekiston chempionatidagi faoliyatini boshlagandi.
Фото: ОКМК
Ispaniyalik hujumchi Ruben Sanches OKMK klubini tark etdi.
31 yoshli futbolchi 2023 yildan beri olmalikliklar safida to‘p surib kelayotgan edi.
Futbolchi 2022 yilda "Surxon" safida O‘zbekiston chempionatidagi faoliyatini boshlagandi.
Sports24.uz xabariga ko‘ra, endilikda u Tailandning "Buriram United" klubida o‘ynaydi. Unga O‘zbekiston klublari ham taklif bergan bo‘lsa-da, u Sharqiy Osiyoga yo‘l olishni afzal bildi.
Sanches Superliga-2025da 24 ta o‘yinda maydonga tushib, 5 ta gol urgan.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist