locale OZ

Ruben Amorim Onananing \"qovunlarini\" himoya qilishda davom etmoqda

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Ruben Amorim Onananing "qovunlarini" himoya qilishda davom etmoqda
Photo: gettyimages

“Manchester Yunayted” bosh murabbiyi Ruben Amorim klub darvozaboni Onanani himoya qilishda davom etyapti.

Yevropa ligasi doirasidagi “Lyon”ga qarshi bo'lib o'tgan uchrashuvda darvozabon qo'pol xatolarga yo'l qo'ydi. Ushbu mavsum boshlangandan beri ganalik futbolchi golga olib keluvchi sakkizinchi xatosini qildi. Bu esa boshqa har qanday APL jamoalari darvozabonlarining barcha musobaqalardagi amalga oshirgan “qovun”laridan-da ko'proq hisoblanadi.

“Qizil iblislar” bosh murabbiyiga bu haqida savol berishganda, u shunday javob berdi: “Qachonki biror futbolchi xatoga yo'l qo'ydimi, demak bu butun jamoaning xatosi, shuning uchun biz shu yo'sinda davom etamiz”,-deydi portugaliyalik mutaxassis

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting