locale OZ

Ruben Amorim: “Milan” Yevropa ligasi va A Seriya g‘olibligi uchun kurashishi kerak

“Milan” bosh murabbiyi jamoaning yangi mavsumdagi asosiy maqsadlari haqida fikr bildirdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Ruben Amorim: “Milan” Yevropa ligasi va A Seriya g‘olibligi uchun kurashishi kerak
Foto: Getty Images

“Milan” bosh murabbiyi Ruben Amorim jamoaning yangi mavsumdagi asosiy maqsadlari haqida fikr bildirdi.

Portugaliyalik mutaxassisning ta’kidlashicha, “rossoneri” har bir uchrashuvga alohida yondashishi va barcha musobaqalarda maksimal natija uchun kurashishi kerak. Amorim jamoasining salohiyati yuqori ekanini qayd etdi.

“Yevropa ligasida g‘olib chiqishimiz mumkinligiga ishonishimiz kerak. Bundan tashqari, A Seriya ham bor. Raqiblarimizning ayrimlarida murabbiylar uzoq vaqtdan beri ishlamoqda, bu ularga ustunlik beradi. Ammo ‘Milan’ kabi klubda ishlayotgan bo‘lsam, chempionlik uchun kurasha olmaymiz, deb ayta olmayman”, — dedi Amorim.

Murabbiy, shuningdek, jamoada hali ko‘p ish qilish kerakligini, tarkibda o‘zgarishlar ketayotganini ta’kidladi. Uning fikricha, bunday darajadagi klub doimo sovrinlar uchun kurashishi shart. Shu bilan birga, Chempionlar ligasiga yo‘llanma olish moliyaviy va nufuz jihatidan ham katta ahamiyatga ega.

Amorim yoz boshida “Milan” bosh murabbiyi etib tayinlangan va bu lavozimda Massimiliano Allegri o‘rnini egallagan. O‘tgan mavsumda “Milan” A Seriyada beshinchi o‘rinni egallagan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting