Ro’ziqul Berdiyev: «Oxirigacha kurash olib bordik»
Qarshi klubi ustozi o'z fikrini bildirdi.
Фото: Насаф ПФК
OChL Elit-2025/26 musobaqasi 6-turi doirasida bo‘lib o‘tgan “Al Ittihod” – “Nasaf” (1:0) uchrashuvidan so‘ng matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Unda jamoamiz bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyev ishtirok etdi.
«Bugungi o‘yinda yigitlar yaxshi harakat qilishdi va maydonda bor kuchlarini ishga solishdi. Oxirigacha kurash olib bordik. Qarshi hujumlarda golli vaziyatlar yaratdik. Futbolchilarimga minnatdorlik bildiraman. Kuchli raqibga qarshi munosib qarshilik ko‘rsatdik», - dedi Berdiyev.
Eslatib o'tamiz, “Nasaf” qatorasiga 6-o'yinda ham mag'lub bo'ldi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist