locale OZ

Ro‘ziqul Berdiyev: Natija yaxshi emas, bu borada o‘zimizning hulosalarimiz bor

Nasaf bosh murabbiyi Paxtakordan uchralgan mag'lubiyatdan keyin fikr bildirdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Ro‘ziqul Berdiyev: Natija yaxshi emas, bu borada o‘zimizning hulosalarimiz bor
photo: Nasaf fk

Superliganing 29-turi doirasida "Paxtakor" - "Nasaf" uchrashuvidan keyin ajdarlar bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyev matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- Qiyin o‘yin bo‘ldi. Agarda vaziyatlardan foydalana olganimizda, o‘yin boshqacha kechishi mumkin edi.

- Milliy terma jamoadan qaytib kelgan futbolchilar 24 soat ichida o‘yinga tushishi kerak bo‘ldi. Milliy jamoadan qaytib kelgan futbolchilarning holati haqida gapirsangiz, ularning o‘yinga ta’siri qanchalik bo‘ldi?

- Ular kechagi mashg‘ulotga yetib kelishmadi. "Paxtakor"dan ham bir qancha futbolchilar termada bo‘lgandi. Futbolchilarning termada bo‘lishi bir tomondan yoqimli, lekin ba’zida zararga ham ishlaydi. Ularning termadan qaytgani uchun holatini hisobga oldik va Sherzod Nasrullayevga kamroq imkoniyat berdik. Boshqa futbolchilarning tayyorgarligi yomon bo‘lmagani uchun ulardan foydalanishga qaror qildik. Bu o‘yinga ta’sir qilishi tabiiy. Agarda jamoa to‘liqligicha mashg‘ulot olib borsa, holat boshqacha bo‘lardi. Ko‘rdingiz, termadan kelgan futbolchilar biz kutgan o‘yinni ko‘rsata olishmadi.

- "Nasaf" Superligada 4 o‘yindan beri g‘alaba qozona olmayapti. Bu nima bilan bog‘liq?

- Shu bosqichgacha deyarli bir tarkib bilan o‘ynadik. Barcha o‘yinlar biz uchun og‘ir o‘tmoqda. Kerakli futbolchilar ba’zida o‘yinlarga tayyor bo‘la olmayotgani ham ta’sir qilyapti. Yigitlarni bunda aybdor demagan bo‘lardim, ular bor kuchi bilan harakat qilishyapti. Bugun "Paxtakor" maydonida qanchalik qiyin bo‘lmasin, borini berib o‘ynashdi. Buning uchun ularga rahmat aytaman. Natija yaxshi emas, bu borada o‘zimizning hulosalarimiz bor. Biz har bir uchrashuvda maydonga tushib, bor kuchimizni namoyish qilishga intilyapmiz.

- Superliga yakunlanganidan keyin Elit OCHLning so‘nggi o‘yini Yangi yilga deyarli bir hafta qolganida o‘tkaziladi. Shu davr mobaynida nimalar rejalashtirilgan?

- Avvalo oldimizda "Dinamo"ga qarshi o‘yin bor, mavsumni munosib tugatish kerak. Ushbu uchrashuvdan keyin yigitlarga dam beramiz. "Al Ittihod"ga qarshi o‘yindan oldin yigitlarni ertaroq yig‘ib, tayyorgarlikni boshlaymiz.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting