Rossiyalik futbolchilar O‘zbekistonga ommaviy ravishda kela boshladi
Yaqinda TSEIS (Iqtisodiy va sport tadqiqotlari markazi) rossiyalik futbolchilar uchun xorijiy ligalarning ommabopligi bo‘yicha ma’lumotlarni e’lon qildi. Unda Qozog‘iston va O‘zbekiston rossiyalik futbolchilar orasida eng talab yuqori yo‘nalishlar qatorida ko‘rsatildi.
TSEIS ma’lumotlariga ko‘ra, Qozog‘iston chempionatida 2025 yilda 18 nafar rossiyalik futbolchi to‘p suradi. Bu raqam Qozog‘iston ligasi rossiyalik futbolchilar orasida nihoyatda mashhurligini ko‘rsatadi. O‘zbekistonda esa bunday futbolchilar soni 7 nafarni tashkil etadi. Shu bilan birga, hisobotda Qirg‘iziston chempionati e’tibordan chetda qoldirilgan. Ammo aslida Qirg‘izistonda 21 nafar rossiyalik futbolchi ishtirok etadi. Ular orasida Ivan Solovyev kabi mashhur ismlar ham bor.
To‘liq ma’lumotlarni tahlil qilish natijasida quyidagi jadval shakllandi:
Belarus — 58 nafar rossiyalik futbolchi.
Armaniston — 45 nafar rossiyalik futbolchi.
Qirg‘iziston — 21 nafar rossiyalik futbolchi.
Qozog‘iston — 18 nafar rossiyalik futbolchi.
O‘zbekiston — 7 nafar rossiyalik futbolchi.