locale OZ

Ronalduning transfer bahosi o‘zgarmadi

“Al Qodisiya” futbolchisi Mateo Retegining narxi 5 million yevroga pasayib, 40 million yevroga baholandi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Ronalduning transfer bahosi o‘zgarmadi
ФОТО: Getty images

Transfermarkt portali Saudiya Pro ligasi futbolchilarining bozor qiymatlarini yangiladi.

Unga ko‘ra, Portugaliya milliy terma jamoasi va “Al Nasr” klubi hujumchisi Krishtianu Ronalduning bozor qiymati o‘zgarishsiz qoldi.

“Al Qodisiya” futbolchisi Mateo Retegining narxi 5 million yevroga pasayib, 40 million yevroga baholandi. Natijada u ushbu ko‘rsatkich bilan liganing eng qimmat futbolchisi bo‘lib turibdi.

Ikkinchi o‘rinda 35 million yevro bilan “Al Hilol” futbolchisi Darwin Nunes joy olgan. Portugaliya terma jamoasi sardori Ronaldu esa 12 million yevro bilan ushbu ro‘yxatda 24-pog‘onani egallab turibdi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting