Ronalduning oʻgʻli ilk bor Portugaliya U-16 terma jamoasiga chaqirildi
15 yoshli futbolchi Federatsiyalar kubogida ishtirok etadi.
FOTO: Getty Images
Saudiya Arabistonining «An Nasr» klubi hujumchisi Krishtianu Ronalduning oʻgʻli Krishtianu Junior ilk bor Portugaliya U-16 yoshlar terma jamoasiga chaqiruv oldi.
15 yoshli futbolchi Antalyada oʻtkaziladigan Federatsiyalar kubogida ishtirok etadi. Portugaliya ushbu turnirda Turkiya, Angliya va Uels terma jamoalariga qarshi maydonga tushadi.
Ronaldu Junior avvalroq Portugaliya U-15 jamoasiga ham chaqirilgan edi. U may oyida Xorvatiyaga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida oʻzining debyut golini urgan edi.
Nasrullo Karimov
Jurnalist