locale OZ

Ronalduni “Real”da ko’rishni xohlashmoqda

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Ronalduni “Real”da ko’rishni xohlashmoqda
PHOTO: Google

Bu mavsum klublar o’rtasidagi Jahon chempionati bahslari avvalgilaridan farqli ravishda bo’lib o’tadi.

“Al Nassr” ushbu turnirda ishtirok etmasligini hisobga olib, Krishtiyanu Ronalduning muhlislari futbolchini o’z sevimli jamoalarida ko’rishni xohlashmoqda. Matbuotda esa “Manchester Siti”, “Manchester Yunayted”, “Chelsi”, “Inter Mayami”, “Al Hilol” kabi jamoalar bilan birgalikda kichik jahon chempionatida qatnashishga yaqin turibdi degan ma’lumotlar sizdirilmoqda. Marca nashrining xabar berishicha, “Real Madrid” muhlislari portugaliyalik sobiq qirollik klubi yulduzini yana jamoada ko’rishni xohlamoqda.

Eslatib o’tamiz, klublar o’rtasidagi jahon chempionati oldidan ishtirokchi klublar qisqa muddatli shartnoma evaziga 6ta futbolchini o’z safiga qo’shib olishi mumkin bo’ladi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting