Ronaldu «Vikipediya»dagi qidiruvlar boʻyicha Messini ortda qoldirdi
Wikimedia oʻziga xos statistikani taqdim etdi.
FOTO: Getty Images
«An Nasr» klubi va Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu Wikimedia fondi tomonidan taqdim etilgan reytingda oltinchi o‘rinni egalladi.
Mazkur fond internet-ensiklopediya «Vikipediya»ga egalik qiladi. Reytingga 2008 yildan hozirgi kungacha bo‘lgan davrda eng ko‘p ko‘rilgan 25 ta sahifa kiritilgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Ronalduga bag‘ishlangan sahifa «Vikipediya»da 209 million martadan ortiq ko‘rilgan bo‘lib, bu umumiy reytingda oltinchi natija hisoblanadi. Qizig‘i shundaki, argentinalik futbolchi Lionel Messining sahifasi 169 million marta ko‘rilib, 11-o‘rindan joy olgan. Taqdim etilgan ro‘yxatda sportchilar orasida faqat shu ikki futbolchi mavjud.
«Vikipediya» tarixidagi eng ko‘p ko‘rilgan sahifalar TOP ro‘yxati:
- «Yillar bo‘yicha vafot etganlar ro‘yxati» — 647 025 321.
- «AQSH» — 328 501 200.
- «Donald Tramp» — 325 397 973. …
- «Krishtianu Ronaldu» — 209 262 818. …
- «Lionel Messi» — 169 027 752.
Nasrullo Karimov
Jurnalist